2026 yilgi jahon chempionatida 48 ta jamoa ishtirok etadi
- 17.06.2022 11:51
- 480
- Sport

Futbol bo‘yicha 2026 yilgi jahon chempionati o‘yinlariga mezbonlik qiladigan shaharlar nomi e’lon qilindi.
Jahon chempionati birinchi marta uch davlatda — AQSh, Meksika va Kanadada o‘tkaziladi.
AQShda jahon chempionati o‘yinlariga Kanzas Siti, Xyuston, Atlanta, Dallas, Sietl, San-Fransisko, Los-Anjeles, Boston, Filadelfiya, Mayami va Sharqiy Ruterford (Nyu-Jersi shtati) mezbonlik qiladi.
Chempionat o‘yinlari, shuningdek, Meksikaning Mexiko, Monterrey va Gvadalaxara shaharlarida bo‘lib o‘tadi. Kanadada jahon chempionati o‘yinlariga Vankuver va Toronto mezbonlik qiladi.
Final o‘yini o‘tkaziladigan shahar nomi keyinroq ma’lum qilinadi.
Aytish lozimki, 2026 yilgi jahon chempionatida ilk bor 48 ta jamoa ishtirok etadi.
Teglar:
Futbol
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Madaniy muxtoriyatdan siyosiy muxtoriyat sari
- 1 soat avval
- Maslahat
Mutolaa: KO‘NGIL. Hikoya
- 1 soat avval
- Mutolaa
Bo‘lgan voqea: Qaldirg‘och keldi
- 1 soat avval
- Mutolaa