G20 ("Katta yigirmalik") haqida nimalarni bilamiz?

G20("Katta yigirmalik")ga, nomidan ma’lum jahonning 20 ta eng kuchli iqtisodga ega davlatlari a’zo. Bular:

Yevropadan:

Buyuk Britaniya

Germaniya

Italiya

Rossiya

Turkiya

Fransiya

Yevropa Ittifoqi idorasi.

 

Osiyodan:

Hindiston

Indoneziya

Xitoy

Janubiy Koreya

Yaponiya

Saudiya Arabistoni.

 

Shimoliy Amerika:

AQSh

Kanada

Meksika.

 

Janubiy Amerika:

Braziliya

Arentina

 

Afrika qit’asidan:

Janubiy Afrika Respublikasi.

 

Avstraliya.

G20 ga a’zo davlatlarning ilk yig‘ilishlari o‘tgan asrning 90-yillarida Osiyoda ro‘y bergan iqtisodiy inqiroz davrida boshlangan edi. O‘shanda bu sammitga, a’zo davlatlarning faqat moliya vazirlari va markaziy bank raislari yig‘ilishgan.

2008 yildan boshlab sammit ishida an’anaviy tarzda davlat rahbarlari qatnashadigan bo‘ldilar.

Sammit har yili bo‘lib o‘tadi. Unda G20 ga a’zo davlatlaridan tashqari mezbon davlat rahbari taklif etadigan boshqa bir necha davlat rahbarlari ham ishtirok etadilar.

Shuningdek ushbu sammitga Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Butunjahon Savdo Tashkiloti, Xalqaro valyuta fondi kabi bir qancha obro‘li xalqaro tashkilotlar vakillari ham qatnashadi.

Sammit doirasida ishtirokchi davlatlar dunyodagi siyosiy va iqtisodiy holatlarni muhokama qiladilar. Shuningdek, dunyoning turli nuqtalarida ro‘y berayotgan turli voqea-hodisalar yuzasidan takliflar bildiriladi, yechimlar taklif qilinadi.

2018 yilda sammit Argentina poytaxti Buenos-Ayresda bo‘lib o‘tdi. Bu sammit ishida bir oz kutilmagan holatlar ro‘y berdi. Har yili sammit kunlarida dunyoning ikki qutbiga da’vogarlik qilayotgan ikki davlat, AQSh va Rossiya rahbarlarining o‘zaro uchrashuvi bo‘lar edi.  Buenos-Ayresdagi sammit doirasida ana shu uchrashuv bo‘lmadi. Tramp Putin bilan uchrashishni xohlamadi. Bunga sabab esa o‘sha paytda, Qora dengizda Ukrainaning uchta kemasi Kerch bo‘g‘ozi tomon harakatlanayotganda Rossiya harbiylari ularni Rossiya hududiga ruxsatsiz kirganlikda ayblab qo‘lga oldi. Kemalardagi dengizchilar qamab qo‘yildi. Rossiya tomonining bu ishi G‘arb davlatlari bilan birgalikda AQShning ham noroziliga sabab bo‘ldi va prezident Tramp Kerch voqealari ortidan Putin bilan Buenos-Ayresdagi sammitda bo‘ladigan uchrashuvni bekor qildi.

Bu yilgi sammit 28-29 iyun kunlari Yaponiyaning Osaka shahrida bo‘lib o‘tadi.

2020 yilgi sammit esa Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida bo‘lib o‘tadi.