Galaktikada to‘qqizinchi sayyora bormi?
Amerikalik olimlar Maykl Braun va Konstantin Batigin Neptun orqasida uzoq orbitada, quyosh atrofida yana bir sayyora – Quyosh sistemasidagi to‘qqizinchi sayyora aylanayotgani haqidagi farazni ilgari surdi.
Ammo olis osmonda uni aniqlash qiyin. Negaki, hali bunday uzoq ob’yektlarni aniqlaydigan teleskoplar yaratilmagan. Agar faraz to‘g‘ri chiqsa, ayrim nazariyalarni qayta ko‘rib chiqishga to‘g‘ri keladi.
Hozircha to‘qqizinchi sayyora aniqlangani yo‘q. Biroq hisob-kitoblar ishonchli, shu bois ilmiy jamoatchilik Braun va Batigin farazini katta qiziqish bilan qabul qilishdi.
"To‘qqizinchi sayyora joylashgan hududini aniq aytish mumkin", deydi faraz mualliflari. U Somon yo‘lida, yulduzlar yuqori darajada to‘plangan hududda juda zaif yoritilgan.
Massasiga qaraganda to‘qqizinchi sayyora yerdan ancha katta yoki Neptundan kichik. Ma’lumki, Neptun Yerdan 17,2 marta katta.
Hozir hamma umid LSST observatoriyasidan. U 2023 yil ishga tushadi. Uning yordamida hozirgi teleskoplar ilg‘amaydigan olis ob’yektlar, shu jumladan to‘qqizinchi sayyorani qidirish boshlanadi.
T.Shomurodov tayyorladi.