Gavayida sodir bo‘lgan toshqin uy va ko‘priklarni vayron qildi
- 11.03.2021 10:54
- 45
- Xorij
Gavayining Marui shahrida toshqin oqibatida suv omborlari vayron bo‘ldi, mahalliy aholi uylari suv tagida qoldi, deya xabar berdi CNN.
Xaykudagi to‘g‘on 8 mart kuni vayron bo‘lgan edi. Bir necha kundan beri tinmay yog‘ayotgan kuchli yomg‘ir vaziyatni yanada yomonlashtirdi. Daryoning quyi qismida yashovchi mahalliy aholi evakuatsiya qilinmoqda.
Suv toshqini tufayli ko‘prik va to‘g‘onlar jiddiy zarar ko‘rdi. 1300 ga yaqin uy elektrsiz qoldi. Mahalliy aholining aytishicha, hudud 40 yildan beri bunday suv toshqinini ko‘rmagan. Ular to‘g‘ondagi suv 15 daqiqada butun bir ko‘chani yo‘q qilganiga guvoh bo‘lishdi.