Gaz hisobini avtomatlashtirilgan tizimga o‘tkazishdan kimga nima naf?

Bu orqali birinchi navbatda shaffof tizim yaratiladi. Iste’molchi va ta’minotchi o‘rtasidagi tushunmovchiliklarga, inson omiliga barham beriladi. Tabiiy gaz iste’molining onlayn hisobi yuritiladi. Debitorlik qarzdorligi mavjud iste’molchilar avtomatik tarzda tarmoqdan uziladi. Hisob raqamida to‘lov mablag‘i kam qolganda iste’molchiga SMS xabar keladi.

“O‘sten” rusumli gaz hisoblagich haqida umumiy ma’lumotlar quyidagilardan iborat:

⚈ Hisoblagichning ishlash tizimi elektron – raqamli, uni ortga qaytarishning imkoni yo‘q!

⚈ Ma’lumotlar saqlash muddati 90 kun.

⚈ O‘z servis markaziga ega kafolat muddati 5 yil.

⚈ Gaz hisoblagich past bosimli gazning hajmini hisoblash uchun mo‘ljallangan.

⚈ Hisoblagichda iste’molchi uchun qayd qilingan SIM karta mavjud.

⚈ Respublika bo‘ylab Online tarzda kuzatiladigan markaz mavjud. Nosoz gaz hisoblagichni aniqlaydi.

⚈ Hisoblagichning aniqlik sinfi -1.0 dan katta emas.

⚈ Yuqori aniqlikka ega va past haroratda ham ishlaydi.

⚈ Gaz hajmini avtomatik ravishda standart holatga o‘tkazadi.

⚈ 8 yilda bir marta tekshiruvdan o‘tkaziladi.