Samarqanddagi beshta tumanda aqlli gaz hisoblagichlar o‘rnatish yakuniga yetdi

Bu haqda «Hududgaz Samarqand» gaz ta’minoti filiali xabar bermoqda. Unga ko‘ra, Oqdaryo, Ishtixon, Kattaqo‘rg‘on, Nurobod Urgut tumanlarida yashovchi tabiiy gaz iste’molchilari xonadonlariga “aqlli” hisoblagichlar o‘rnatib bo‘lingan.

Shuningdek, xabarda hisoblagichlar o‘rnatish davrida uyida bo‘lmagan yoki ma’lum bir sabablarga ko‘ra, uyda xech kim yashamayotganligi tufayli “aqlli” hisoblagichlar o‘rnatilmay qolib ketgan xonadonlar bo‘lsa, 15 avgust sanasiga qadar “Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filialining tuman bo‘limlariga murojaat qilishlari mumkinligi aytilgan.

Ma’lumot uchun, hozirga qadar viloyat miqyosida 249 479 ta iste’molchilar xonadoniga “aqlli” gaz hisoblagichlari o‘rnatilgan.