Germaniya Rossiya yoqilg‘isiga muhtoj emasligini e’lon qildi

Germaniya energetika infratuzilmasini butunlay diversifikatsiya qildi va endi Rossiya energiya tashuvchilarga qaram emas. Bu haqda Germaniya moliya vaziri Kristian Lindner ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Germaniya energiya importining yangi manbalarini topdi. Masalan, gaz Norvegiya va AQShdan import qilinadi.

“Ha, albatta, Germaniya hamon energiya importiga qaram, ammo bugun u Rossiyadan importga emas, balki jahon bozorlariga qaram bo‘lib qoldi.

Agar ilgari Germaniya gazning qariyb 50 foizini va barcha neftning 30 foizdan ortig‘ini Rossiyadan import qilgan bo‘lsa, hozir bu ko‘rsatkichlar nolga teng".

Eslatib o‘tamiz, Germaniya Qatardan gaz sotib olish bo‘yicha birinchi uzoq muddatli shartnomani imzolagan.