Goh ko‘rinib, goh yashirinadigan diqqatga sazovor joylar

#O‘qing_qiziq!

Dunyoda inson qo‘li va tabiat tomonidan qurilgan ajoyib joylar borki, ularning ba’zilarini faqat ma’lum bir vaqtda kuzatish mumkin, ba’zilari esa faqat vaqti-vaqti bilan paydo bo‘lib, so‘ngra g‘oyib bo‘ladi.

AdMe.ru sayti ulardan faqat suv oqimi pasaygan paytda bahramand bo‘lishning iloji bo‘lgan tabiatning bu mo‘’jizalari haqida yozadi.

Temzadagi chavandozlar

Londondagi Temza daryosi yonidan o‘tayotib, suv ostidan chiqib turgan boshlarni kuzatish mumkin. Kuniga ikki marta “suvdan chiqadigan” to‘rt chavandoz haykali Voksxoll ko‘prigi yaqinida, Parlament uylaridan uzoq bo‘lmagan joyda joylashgan. Haykaltarosh Jeyson de Teylor bu asarlarni odamlarni ekologiya masalasi haqida fikr yuritishga undash maqsadida yaratdi.

Balandligi 3,3 metr bo‘lgan “Sanoat apokalipsisi chavandozlari” har doim ham ko‘rinavermaydi, ular faqat suv oqimi pasaygan bir necha soat davomida ko‘rinish beradi.

Manjuiod, Filippin

Filippindagi suv toshqini paytida butunlay yo‘qolib ketadigan eng ajoyib va go‘zal joylardan biri Manjuiod qumlog‘i Negros orolida joylashgan bo‘lib, u Filippinning eng mashhur diqqatga sazovor joylaridan biridir.

Stambheshvar Mahadev ibodatxonasi, Hindiston

Hindistondagi Shiva xudosi sharafiga qurilgan Stambheshvar-Mahadev ibodatxonasi Arab dengizi va Kambay ko‘rfazi suvi bilan o‘ralgan. Bu kichik butxonaga faqat suv oqimi qayta boshlagan paytda kirish mumkin, qolgan paytlarda esa 150 yillik ziyoratgoh tomiga qadar suv ostida qoladi.

Mon-Sen-Mishel, Fransiya

Mon-Sen-Mishel qal’asi (orol ham xuddi shunday nomlanadi) Fransiyaning shimoli-g‘arbiy qismida joylashgan. U yerda kishi eng g‘ayritabiiy to‘lqinlarning guvohi bo‘lishi mumkin. Suv pasayganda halqa shaklli orolni qumlar o‘rab oladi, ko‘tarilish paytida esa orol suv ostiga ketadi va suvda aksini ko‘rsatib faqat mahobatli bino qoladi.

Barra orolidagi aeroport

Hududiy jihatdan Shotlandiyaning bir qismi hisoblangan Barra orolidagi aeroport to‘g‘ridan-to‘g‘ri suv bo‘yida, uchish-qo‘nish yo‘lakchalari esa qirg‘oq yaqinidagi qumda joylashgan. Vaqti-vaqti bilan suv ko‘tarilishi natijasida suv ostida qoladigan aeroportda qo‘nish juda xavfli.

Farishtalar yo‘li, Yaponiya

Faqat suv qaytishi paytida ko‘rish mumkin bo‘lgan hayratlanarli va go‘zal “Farishtalar yo‘li” Yaponiyaning Sedosima shahrida joylashgan. Yaponlar agar er-xotin uzunligi taxminan 500 metrni tashkil qiladigan bu yo‘ldan qo‘l ushlashib o‘tsa, butun umr baxtli hayot kechiradi, deb hisoblaydi.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.