G‘oyibdan tovush dahshatli to‘qnashuvdan asragan edi

Fan va san’at namoyandalari tarjimai hollarida ularga “kimdir”yangi qonunlar formulalarini yoki adabiy asar matnlarini g‘oyibdan “aytib” turgani misollari ko‘p. Masalan, Valter Skott ko‘zga ko‘rinmas yordamchi ishtirokida o‘nlab kitoblar yozgan.

Mashhur dinshunos Yelena Blavatskaya aqlbovar qilmas, qisqa muddatda g‘ayrioddiy axborotlar jamlangan “Doktorina sirlari” va “Fosh etilgan Iliada” kitoblarini yozgan. Vaholanki, u maxsus ma’lumotga yoki biror joydan bunday axborotlarni olish imkoniyatiga ega bo‘lmagan.

Bunday misollar oz emas. Ko‘zga ko‘rinmas kuchlar tanlagan kishilarning ayrimlari ta’kidlashlaricha, ular individual xarakterga ega past, hukmron aniq tovushlarni eshitadi. Ba’zan, bu eshitgan kishini ro‘y beradigan kulfatlardan ogoh qilgan.

Taniqli shveysariyalik tennischi Mark Rosset g‘oyibdan kelgan tovushga quloq tutib, 1988 yil 3 sentyabrda “Nyu-York – Jeneva” reysida uchishdan voz kechgan: “Boing” Kanadaning Galifaks shahri yaqinida qulab tushgan. Barcha yo‘lovchilar va ekipaj halok bo‘lgan.

Amerikalik Paula Kennerson Ayovodan tepalik qiyaligidagi egri-bugri yo‘llardan yuqorilab borardi. Mashina orqa o‘rindig‘ida uning ikki kichkintoyi shiringina uxlashardi. To‘satdan ayolni xavotir bosdi. Radio o‘z-o‘zidan uchdi. Orqadan o‘ng qulog‘iga kimningdir ovozi eshitildi: “Agar tepalikdan yo‘lingda boshqa avtomobil kelayotgan bo‘lsa, nima qilasan?”. Paula tezda rulni burib yo‘l chetiga o‘tdi. Tepalik cho‘qqisiga yetib borganida ro‘parasida katta furgon paydo bo‘ldi. Agar Paula tezda rulni burmaganida dahshatli to‘qnashuv sodir bo‘lishi aniq edi.

Qo‘rquvdan qaltirab qolgan Paula o‘ziga kelish uchun to‘xtab mashinadan tushdi. U sirli xaloskoriga ogohlantirgani uchun xayolan minatdorchilik bildirdi.

Bunday hodisalar nima? Alloh in’om etgan ichki hissiyotmi yoki shaxsiy xaloskor farishtami? Na fan, na tadqiqotlar bu savollarga hali javob topgani yo‘q.

T.Shomurodov tayyorladi.