Guruch haqida nimani bilasiz?
Donli ekinlar ichida sholi alohida o‘rinda turadi. Undan olinadigan guruchdan tayyorlangan mazali palov va boshqa xilma-xil taomlarni sevib iste’mol qilamiz.
Ammo guruch haqida ko‘p narsani bilmaymiz, quyida shu haqda ayrim ma’lumotlarni keltiramiz:
* Sholi 5000 yildan buyon yetishtirib kelinadi. U qachonlardir ekila boshlagan madaniy ekinlardan birinchisidir.
* Jahonda 1 mlrd. kishi sholi yetishtirish bilan shug‘ullanadi.
* Dunyoda 3 milliarddan ko‘proq odam guruch iste’mol qiladi.
* Jahonda 50 foiz guruch yetishtirilgan joyidan 12 kilometr atrofda iste’mol qilinadi.
* Eramizgacha 100 asrda sholi Xitoydan Yaponiyaga tarqalgan.
* Yovvoyi sholi don ham, guruch ham hisoblanmaydi – bu suv o‘simligidir.
* Tozalanmagan sholi salomatlik uchun foydalidir, u xotirani yaxshilab, fikrlashni tiniqlashtiradi.
* Sholining turli xildagi 7000 ko‘rinishi mavjud.
* Guruch eng xushxo‘r mahsulotlardan biri bo‘lib, undan 100 dan ziyod mazali taom tayyorlash mumkin.
* Xitoyda guruch kosasini tushirib yuborib sindirsangiz, bu ishdan ketishingizni bildiradi.
T.Shomurodov tayyorladi.