Hademay mashinalarga haydovchilar kerak bo‘lmaydi
2020 yilda KPMG – jahonning 150 mamlakatiga auditorlik, soliq va maslahat xizmatlari ko‘rsatuvchi yirik xalqaro firmalar tarmog‘i 30 mamlakatda haydovchisiz avtomobildan foydalanishga tayyorgarlik bo‘yicha tadqiqot o‘tkazdi.
Ushbu davlatlar haydovchisiz avtomobillar texnologiyasini amalga oshirish uchun faol ish olib borayotganligi ta’kidlandi.
Hozirgi kunda ayrim avtonom boshqaruvga ega transport vositalaridan foydalanish yo‘lga qo‘yilgan. Biroq ular baribir haydovchi nazoratini talab qiladi. Yaqin kelajakda takomillashgan transport vositalari umuman haydovchisiz harakatlanadi. Tahlilchilarning ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda o‘zini-o‘zi boshqaradigan avtomobillar soni 745 705 taga yetadi.
Kosmosda dam olish mumkin...
Hammaga taniqli Ilon Mask Xalqaro kosmik stansiyada dam olish uchun kosmik sayohatlarni jalb qilish uchun faol ish olib bormoqda.
Hali stansiyada kosmik oteli bo‘lmagan fazoga u sayyohlarni o‘zining Dragon kemasida olib chiqishni va’da qilyapti. Xalqaro kosmik stansiyada bo‘lish bir haftadan bir oygacha. Haftalik uchish bahosi 40 million dollar. Muddat uzaysa, narx 60 million dollargacha ortishi mumkin. Professional kosmos avtokuzatuvida ochiq kosmosga chiqish – 3 million dollar. Ammo bunday xarajatni hammaning cho‘ntagi ko‘tarmaydi. Shunga qaramasdan, Ilon Mask va’dasiga ishonuvchilar kam emas.
Dronlar xizmatingizda
Uchuvchisiz avia dronlar yordamida turli yuklarni manzilga yetkazib berish istiqbolli texnologik yo‘nalishdir.
Mutaxassislarning hisoblashlaricha, 2025 yilda uchuvchisiz aviatizim orqali bozor xizmatlari ko‘rsatish 14 milliard dollardan oshadi. Dronlar ishlab chiqarish esa 5 milliard dollarga ortadi. Ularning prognozlariga ko‘ra, servis xizmati bozorida dronlardan foydalanish yetakchi mamlakatlarda 2022 yilda boshlanadi.
“Mir Novostey” (2021 y., 10-son) haftanomasidan T.Shomurodov tayyorladi.