HAMAS bir-ikki kun ichida sulh bitimiga umid qilmoqda
- 20.05.2021 10:54
- 84
- Xorij
G‘azo va Isroil o‘rtasida sulhga bir-ikki kun ichida erishish mumkin, dedi G‘azodagi hukmron HAMAS harakati siyosiy byurosi a’zosi Muso Abu Marzuk Livanning Al-Mayadeen telekanaliga bergan intervyusida.
"O‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha ishlar muvaffaqiyatli bo‘ladi. Men sulhga bir-ikki kun ichida erishilishini kutmoqdaman. O‘t ochishni to‘xtatish bir vaqtning o‘zida kuchga kiradi", dedi Abu Marzuk.
Isroil va G‘azo sektori chegarasidagi vaziyat 10 may kuni kechqurun keskinlashdi. Eskalatsiya boshlanganidan buyon Falastin anklavidan Isroil hududiga 3000 dan ortiq raketa otilgan, ulardan taxminan 1210 tasi to‘xtatib qolindi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Isroilda 12 kishi halok bo‘lgan, 50 dan ortiq kishi og‘ir jarohat olgan. Isroilning javob zarbalari natijasida halok bo‘lgan falastinliklar soni 227 kishiga yetdi, ularning 64 nafari bolalardir.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- 36 daqiqa avval
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa