Haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ishlarni bajargan kishilar
O‘ziga jarrohlik operatsiyalari o‘tkazgan mashhur holatlar.
“O‘z-o‘ziga jarroh”, ya’ni o‘z tanasiga jarrohlik operatsiyalarini o‘tkazish odatda o‘ta og‘ir sharoitlarda amalga oshiriladi. Bugungi ro‘yxatimizda ham professional, ham “majburlikdan hakamlik” qilishiga to‘g‘ri kelgan eng noodatiy jarrohliklar kirgan.
Duglas Gudeyl
35 yoshli baliq ovlovchi bo‘ronga tushib qoldi. To‘lqin uni ochiq dengizga uloqtirdi, yiqila turib uning oyoq-qo‘llari arqonlarga o‘ralib qoldi. Duglas arqonlarga osilganicha kema ortida qoldi, buning ustiga qo‘li bo‘g‘imidan chiqib ketgan edi. Kemaga qaytib chiqishi uchun qo‘lini kesishga to‘g‘ri keldi. Quruqlikdagi shifokorlar Duglas faqat ob-havoning sovuqligi tufayli qon yo‘qotishdan o‘lmagan deb taxmin qilishdi.
Jerri Nilsen
Jerri Lin 1999 yildagi AQShning “Amunden-Skott” Antarktida stansiyasidagi yagona shifokor ayol bo‘lgan. Bir necha oy sivilizatsiyadan uzilgan shifokor o‘zida ko‘krak bezi saratoni alomatlarini aniqladi. Mustaqil o‘tkazilgan biopsiya bu tashxisni tasdiqladi. Qorli uzlatdan chiqish imkoniyati bo‘lgunga qadar, shifokor biokimyo kursini o‘tadi. Mustaqil ravishda albatta.
Debora Samson
Bu amerikalik ayol AQShning mustaqillik uchun bo‘lib o‘tgan urushi paytida erkak qiyofasiga kirib, qit’a armiyasi safida mardonavor jang qilgan. Jangda jarohat olgan va siri fosh bo‘lishidan qo‘rqib, mustaqil ravishda chuqur o‘rnashib olgan pilta miltig‘i o‘qini kesib olgan.
Evan O‘Nil
Jarroh O‘Nil umrining yarmini ba’zi bir mayda, ya’ni appenditsit va churra tushish kabi operatsiyalarga umumiy behushlik (narkoz) shart emasligini isbotlashga sarfladi. U hatto ushbu kasalliklar bo‘yicha o‘ziga jarrohlik operatsiyalarini o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldi. Ikkinchi - churra tushish jarrohlik amaliyotini o‘tkazganda, u keksa 70 yoshda edi. Shuni ham ta’kidlash lozimki, har bir operatsiyada unga bir guruh yordamchilari-assistentlar yordam bergan.
Ioann Leteyskiy
Biz bu odam haqida XVII asrda yashagan va Amsterdam meri bo‘lgan Gollandiyalik shifokor Nikolay Tulpa kitobidan bilib olganmiz. Temirchi Ioann Leteyskiy mustaqil ravishda siydik pufagidagi toshni olib tashladi. Biroq, bu tibbiy yordamsiz bo‘lmadi: kesmani tikish uchun temirchi shifokorlarni taklif qilishiga to‘g‘ri keldi.
Aron Ralston
Bu odam to‘g‘risida mashhur “127 soat” drama kabi ham badiiy, ham hujjatli filmlar suratga olingan. Amerikalik alpinist katta tosh uning qo‘lni siqib qo‘yganidan keyin qo‘lini kesishga majbur bo‘ldi. Shundan so‘ng, u sivilizatsiyadan uzoq bo‘lgan sahrodan chiqib keta oldi. Qizig‘i shundaki, Ralston shu kungacha alpinizmdan voz kechmagan. Endi u protez bilan tog‘larga chiqmoqda.
Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.