Har bir harakat, maqsad va reja birinchi navbatda iqtisodiy imkoniyatlarga bog‘liq

2020 yil yakuni bilan Samarqand viloyatida yalpi hududiy mahsulot hajmi 42,4 trillion so‘mni tashkil etib, 2017 yil bilan qiyoslaganda 10,4 foiz o‘sishga erishildi.

Aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot hajmi 10,8 million so‘mga teng bo‘ldi. Bu 2017 yilga nisbatan 3,9 million so‘mga ko‘p, demakdir.

Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi bundan to‘rt yil avvalgiga nisbatan 27 foizga, asosiy kapitalga investitsiyalar 20 foizga, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar qariyb 3 barobarga, qurilish-pudrat ishlari 58 foizga, chakana savdo aylanmasi qariyb 23 foizga o‘sdi.

Kichik biznes sub’yektlarini har tomonlama qo‘llab-quvatlashga qaratilgan e’tibor va yaratilgan shart-sharoitlar natijasida ularning soni 2017 yildagi 17 ming 261 tadan 2020 yilda 35 mingtaga, ya’ni ikki barobar ko‘paydi.