Har doim “ishlaydigan” hayotning oltin qoidalari
Bu qoidalarni hayotiy hikoyalar to‘plamidan ko‘chirib oldim... qarshilik qila olmadim, ularni katta varaqqa yozib olib, o‘zim va oilam uchun eslatma sifatida oshxonamizdagi burchakka ilib qo‘ydim. Ushbu “Oltin qoidalar”ni sizlarga ham ilindim. Ajabmaski, qoidalar kimgadir yordam bersa...
O‘zaro munosabatlar qoidasi:
Boshqalar xatosini muhokama qilishdan oldin, o‘zingizga e’tibor bering. Loy tashlagan kishining qo‘li toza bo‘lmaydi.
O‘rganish qoidasi:
Hayotimizda uchraydigan har bir inson bizga nimanidir o‘rgatish imkoniyatiga ega.
Katta yo‘l qoidasi:
Boshqalarga ularning bizga nisbatan qilganidan ko‘ra yaxshiroq munosabat qila boshlasak, biz yuqori darajaga o‘ta olamiz.
Bumerang qoidasi:
Birovga yordam qo‘lini cho‘zganimizda, biz o‘zimizga yordam berayotgan bo‘lamiz.
Bolg‘a qoidasi:
Birovning peshonasidagi chivinni o‘ldirish uchun hech qachon bolg‘a ishlatmang.
Almashinuv qoidasi:
Birovni “o‘tqizib” qo‘yishdan oldin, uning o‘rniga o‘zimizni qo‘yib ko‘rishimiz kerak.
Alamzadalik qoidasi:
Dilsiyoh kishi alamini boshqalardan oladi.
Xarizma (shaxsiy joziba) qoidasi:
Odamlar bilmay turib, o‘ziga qiziqqan odamga qiziqish bildirishadi.
O‘n ball qoidasi:
Birovning yaxshi fazilatlariga ishonish orqali odatda inson, o‘zining eng yaxshi fazilatlarini namoyon qilib qo‘yadi.
Vaziyat qoidasi:
Hech qachon vaziyat siz uchun o‘zaro munosabatlardan ko‘ra muhimroq bo‘lib qolishiga yo‘l qo‘ymang.
Kamsuqumlik qoidasi:
O‘zi bilan murosa qila olishlikdagi qulaylik boshqalarga bizning yonimizda o‘zlarini erkin his qilishiga yordam beradi.
Handaq qoidasi:
Jangga tayyorgarlik ko‘rayotib, handaqni shunday qazingki, unda o‘zingiz bilan birga do‘stingiz ham sig‘adigan bo‘lsin.
Hamkorlik qoidasi:
Hamkorlikda qilingan ish g‘alabaga erishish ehtimolini oshiradi.
Chidamlilik qoidasi:
Yolg‘iz sayohat qilgandan ko‘ra boshqalar bilan qilingan sayohat sekinroq o‘tadi. Agar uzoqqa bormoqchi bo‘lsangiz, birga boring, tez ketmoqchi bo‘lsangiz, yolg‘iz yuring.
Bir tanganing ikki tomoni qoidasi:
O‘zaro munosabatlarning haqiqiy sinovi nafaqat do‘stlarimiz muvaffaqiyatsizlikka uchraganda ularga qanchalik sadoqatli ekanligimizda, balki ular muvaffaqiyatga erishganida qanchalik xursand bo‘lganimizda bilinadi.
Moyillik qoidasi:
Teng bo‘lgan sharoitlarda odamlar o‘zlariga yoqadiganlar bilan ishlashga moyil bo‘ladi, sharoitlar teng bo‘lmaganda ham, ular baribir shunday qilishadi.
Qoidalarni Bahora yozib oldi.