Harbiy gospital shifokorlari Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Mixail Kolmogorov xonadonida bo‘ldi

Samarqand harbiy gospitali shifokor mutaxassislari Samarqand shahridagi O‘zbekiston  mahallasida istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Mixail Kolmogorov xonadonida bo‘ldi. Otaxon bilan dildan qurilgan suhbatda urush davridagi voqealar xotirlanib, jang maydonida halok bo‘lgan do‘stlari jasorati yodga olindi.

–  Bayramlar arafasida viloyat, shahar hokimligidan, harbiylar, yoshlar xonadonimizga kelib, xol-ahvol so‘rab, yo‘qlab turishadi, – deydi M.Kolmogorov. – Bunday e’tibordan har yili o‘zimni yoshargandek his etaman.