Harbiylar - korrupsiyaga qarshi kurashishda yordamchi

Markaziy harbiy okrugi qo‘mondonligi tomonidan "Korrupsiya - jirkanch illat" hamda "Harbiy xizmatchilar orasida qonunbuzulishlarning oldini olish" mavzularida ma’naviy-ma’rifiy o‘quv-amaliy darslar o‘tkazildi.

Unda Markaziy harbiy okrug harbiy qism va muassasalari harbiy xizmatchilari ishtirok etdi.
Tadbirda Samarqand harbiy prokuraturasi, viloyat adliya boshqarmasi va okrug boshqaruv apparati mas’ul vakillari korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan vazifalar, korrupsion holatlarni keltirib chiqarishga sabab bo‘layotgan asosiy omillar, ushbu illatning oldini olish choralari xususida so‘zladi.

Harbiylar orasida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish, jumladan, qonunchilik, harbiy va xizmat intizomi, odob-axloq qoidalari va ichki tartibga rioya etilishini ta’minlashga qaratilgan keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilayotganligi ta’kidlandi.
Tadbirda korrupsiya holatlari bilan bog‘liq videoroliklar namoyish etildi.