Haydovchi boshqaruv vaqtida uxlab qolgan
- 27.03.2020 10:14
- 664
- Hodisa
Joriy yilning 25 mart kuni soat 07:10 larda Denov tumanidagi Shamolli mahallasi hududidan o‘tuvchi M-41 “Bishkek-Dushanbe-Termiz” avtomobil yo‘lining 1493 kilometrida tumanning Yangiqishloq mahallasida yashovchi J.X. “Hyundai” rusumli transport vositasida harakatlanayotib uxlab qolish oqibatida boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘ldan chiqib ketib, daraxtga urilgan.
Oqibatda haydovchi J.X. tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.
"Hurmatli haydovchilar charchoq holatida transport vositasini boshqarmasligingiz, o‘zingiz va o‘zgalar hayotini xavf ostiga qo‘ymasligingizni so‘raymiz", deyiladi O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabarida.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandga 11 oyda 8,5 millondan ziyod sayyoh keldi
- 45 daqiqa avval
- Sayohat
Yerga mehr berganlar – el e’zozida
- 49 daqiqa avval
- Qishloq xo'jaligi