Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Haydovchining qoidabuzarligi natijasida velosipedchi vafot etdi

Joriy yilning 30 aprel kuni soat 18:30 larda Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumani, Xayitobod mahallasi hududidan o‘tuvchi xalqaro M-41 “Bishkek-Dushanbe-Termiz” avtomobil yo‘lining 1575-kilometrida haydovchi - 1997 yilda tug‘ilgan S.R. “Matiz” rusumli transport vositasini boshqarayotib, quvib o‘tish manyovrini bajarish uchun qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib, qarshisidan harakatlanib kelayotgan avtomobil bilan to‘qnashmaslik maqsadida o‘z avtomobilini chapga olib, “Jarqo‘rg‘on-Surxon” yo‘nalishida qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan velosipedchi - 1965 yilda tug‘ilgan A.Q.ni urib yuborib, YTH sodir etgan.

Oqibatda velosipedchi A.Q. og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.