Hayotiy voqea: 25 ming dollarlik sir
Er-xotin birga 60 yil umr kechirdi. Ular orasida bir-biridan berkitadigan hech qanday sir yo‘q edi, faqatgina kampirda bitta sir bor ekanligini hisobga olmaganda...
Kampirning javoni yuqorisida - choli hech qachon e’tibor qaratmagan bir poyabzal qutisi turar edi. Endilikda kampir o‘zini juda ham qarib qolganini o‘ylab, yerga sekingina cho‘kkalab o‘tirib, choliga o‘zining sirini aytishlikka qaror qildi hamda javon ustida turgan qutichani olib kelishini so‘radi...
Chol qutini keltirib, ichini ochdi. Quti ichida chiroyli qilib tikilgan ikki dona qo‘g‘irchoq va bir dasta pul - 25 ming dollarni ko‘rdi.
- Bu nima? – hayron bo‘lib so‘radi chol.
- Shu desangiz, bizning to‘yimiz bo‘lishidan ilgari suyukli buvim, menga, baxtli yashash siri nimada ekanligini aytdilar. Ular menga: “Agar sen umr yo‘ldoshingdan xafa bo‘lib ranjisang, bahslashmagin-da, har safar bir dona qo‘g‘irchoq tikkin”, degan edilar.
Cholning ko‘zi yoshlandi, sababi quti ichida faqat ikkitagina qo‘g‘irchoq bor edi-da!
So‘ng kampiridan yana so‘radi:
- Unda aytchi, bu qanday pullar? Axir bular, ro‘zg‘orimizga ishlatgan pullardan tejab, saqlab qo‘yganlaring emasdir.
- Men bu pullarni qo‘g‘irchoqlarni sotib, yiqqanman...