Hindistonda alkogol ichimligi o‘rniga antiseptik vosita iste’mol qilgan 13 kishi vafot etdi
- 02.08.2020 09:00
- 105
- Xorij
Hindistonning Andra-Pradesh shtatida 13 nafar fuqaro alkogol ichimliga o‘rniga antiseptik vositalarini ichganidan so‘ng vafot etdi. Bu haqda 1 avgust kuni ANI agentligi ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, taxminan o‘n kunlar ilgari hududda 60 nafar koronavirus holati aniqlanganidan so‘ng alkogol bilan savdo qiluvchi barcha mahalliy do‘konlar yopilgan. Shundan so‘ng aholi spirtli ichimlik o‘rniga dorixonalarda sotiladigan antiseptik vositalarni olib iste’mol qilgan.
Politsiya bergan ma’lumotga ko‘ra, barcha vafot etganlar kambag‘al oilalardan bo‘lgan. Hudud ma’muriyati antiseptik vosita idishlari ekspertizaga yuborilishini ma’lum qildi.
Sodir bo‘lgan voqea yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Teglar:
Hindiston
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Bugun, 11:54
- Mutolaa