Hojatxona qurish jarayonida tuproq ostida qolgan aka-ukaning biri vafot etdi

Kecha, 17 fevral kuni soat 13:50 da Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida joylashgan “Karvon” savdo majmuasi hududida 3 nafar aka-ukalarning hojatxona uchun chuqur qazish jarayonida xavfsizlik qoidalariga rioya qilmasliklari oqibatida ularning 2 nafarini tuproq bosib qolgan.

Hodisa yuzasidan Qashqadaryo viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasining qutqaruv guruhi qisqa vaqt ichida voqea joyiga yetib borib, 1987 yilda tug‘ilgan fuqaro A.I.ni qutqarib olishdi.

Afsuski, tuproq ostida qolgan boshqa bir fuqaro 1984 yilda tug‘ilgan A.I. hodisa yuz bergan joyda halok bo‘lgan.

FVV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoq