Hokim kattaqo‘rg‘onlik yoshlar bilan uchrashdi

Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov Kattaqo‘rg‘on shahridagi 11-umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar bilan uchrashdi.

Tadbirda 100 nafarga yaqin yigit-qiz ishtirok etdi va ularning murojaati diqqat bilan tinglandi.

Uchrashuvda, yoshlar asosan ishga joylashish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun kredit olish, uy-joy, ta’lim sohasidagi muammolar yuzasidan murojaat qildi.

- Viloyat hokimi mahallamizga kelib biz bilan uchrashishi meni ham qiynab kelayotgan bir muammoning yechilishiga sabab bo‘ldi, - deydi Noqis mahallasida yashovchi Farangiz Qudratullayeva. – Bu yil pandemiya sabab oilamiz moddiy jihatdan qiynalib qolgani uchun ta’lim kreditiga ehtiyojim bor edi. Bugun hokim ko‘magi bilan «Mikrokreditbank» shahar filiali tomonidan kredit ajratiladigan bo‘ldi.

Uchrashuvda yoshlar tomonidan bildirilgan 73 murojaatning aksariyati joyida hal etildi. Muddat talab qilinadiganlari bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berildi.

Viloyat hokimi Ingichka shaharchasi yoshlari bilan ham uchrashdi.

To‘lqin SIDDIQOV.