Hokim o‘rinbosari Nurqulov o‘zi o‘qigan maktablarga kitob va ko‘chat sovg‘a qildi

Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari Abdumajid Nurqulov o‘zi tahsil olgan Payariq tumanidagi 14- va 45-maktablarga 100 nusxadan kitob va 50 tupdan mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari sovg‘a qildi.

Badiiy adabiyot, tarix, madaniyat va ma’naviyatga oid kitoblar tuman hokimligi, Juvozxona mahallasi faollari, o‘qituvchi va o‘quvchilar ishtirokida maktab kutubxonasiga topshirildi.

Tashkil etilgan davra suhbatida A.Nurqulov ta’lim bergan ustozlarini esladi, yoshlarni a’lo baholar bilan o‘qishga chaqirdi. Kitob mutolaa qilishning ahamiyati haqida to‘xtalib, ilm olish har bir yigit-qizning asosiy vazifasi bo‘lishi lozimligini uqtirdi.

Shundan so‘ng viloyat hokimi o‘rinbosari maktablar hovlisiga mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazdi.