Hokim yosh olimlar va tadqiqotchilar bilan uchrashdi

Viloyat hokimi Samarqand shahrida joylashgan "Geofundamentprojects" MChJga tashrifi davomida jamiyatda qurilish-arxitektura sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdi.

Tanishuv davomida E.Turdimov korxonada amaliyot o‘tayotgan Samarqand arxitektura-qurilish instituti magistr talabalari, ilmiy-tadqiqotchilar bilan suhbatlashdi.

Yosh tadqiqotchilar viloyatda amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan yangi loyihalar, o‘zlari tomonidan amalga oshirilayotgan tadqiqot natijalari haqida fikr-mulohazalar bildirdi.

Uchrashuv yakunida yosh olimlar, tadqiqotchilar va loyihalash institutlari mutaxassislari ishtirokida viloyat qurilish va arxitektura boshqarmasi qoshida muzokaralar klubini tashkil etishga kelishildi hamda har ikki oyda bir marotaba klub a’zolarining uchrashuvi o‘tkazilishi belgilandi. Klub mashg‘ulotlarida qurilish-arxitektura sohasidagi muammolar, takliflar va g‘oyalar muhokama etib borilishi maqsadga muvofiq ekanligi ta’kidlandi.