“Hududgaz Samarqand ” ijtimoiy tarmoqlar orqali kelib tushgan murojaatlarga e’tibor beryaptimi?
Joriy yil oktyabr oyining birinchi o‘n kunligida havo haroratining keskin pasayishi sababli issiqlik energiyasiga bo‘lgan talabning ortishi kuzatildi. Natijada, Samarqand shahridagi ayrim mahalalarda gaz bosimining tushib ketdi.
Ushbu holatlar haqida “Facebook” ijtimoiy tarmog‘idagi “Potrebiteli Samarkanda” guruhiga Samarqand shahar, Navoiyshoh ko‘chasidagi holat yuzasidan Aleksandra Simanovskaya va Samarqand shahar, Ibn Xoldun ko‘chasidagi holat bo‘yicha Dilora Mirzayevaning qoldirgan postlari qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kelib tushgan mazkur murojaatlar “Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filialining “Samarqandshahargaz” bo‘limi mutaxassislari tomonidan tezkorlik bilan o‘rganilib, muammo ijobiy hal etildi.
Keyingi yillarda mamlakatimizda aholi murojaatlari bilan ishlash tizimida qator islohotlar amalga oshirildi.
Yaqindan boshlab Samarqandda viloyat hokimi Erkinjon Turdimov tashabbusi bilan ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushgan murojaatlarni o‘rganish mexanizmi yo‘lgan qo‘yildi va bu ijobiy samara bera boshladi. Keyingi 2 kun ichida ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushgan 10 ga yaqin murojaat ijobiy hal etildi. Jumladan, suyultirilgan gaz bo‘yicha tarmoqlar orqali kelib tushgan Samarqand tumani Dehnav mahallasida yashovchi Mahbuba Ahmedova, Gulbog‘ mahallasida yashovchi Nastya Bobojonova, Chorshanba mahallasida yashovchi Alisher G‘ofurovlarning murojaatlari ham qanoatlantirildi.
“Hududgaz Samarqand ” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati.