Ibodat Jo‘raqulova bayram arafasida podpolkovnik unvoniga sazovor bo‘ldi
- 09.03.2019 11:43
- 347
- Samarqand
Bu yangilik Samarqand viloyat Ichki ishlar tizimida mehnat qilayotgan xotin-qizlar, faxriy ayollar uchun bayram tadbirida e’lon qilindi.
Viloyat ishki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik A.Toshpo‘latov yig‘ilganlarni bayram bilan qutlar ekan, tizimda erkaklar bilan bir safda mardonavor xizmat qilayotgan xotin-qizlarning jasoratli mehnatini e’tirof etdi. Sohada faoliyat ko‘rsatayotgan bir guruh xotin-qizlarga faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Shu jumladan, Paxtachi tuman ichki ishlar bo‘limida voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘limi katta inspektori Ibodat Jo‘raqulova podpolkovnik unvoniga sazovor bo‘ldi.
- 22 yildan buyon shu sohada faoliyat ko‘rsataman, - deydi I.Jo‘raqulova. - Voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchiliklarning oldini olish borasida ishlarimiz ijobiy samara bermoqda.
Gulruh Mo‘minova.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa