Ibodatxonaning “muqaddas ovozi“

Malta orolida "Xal-Safliyeni" nomli yerosti ibodatxonasi  bor. U bundan 5 ming yil avval qurilgan. Ibodatxona "yosh"iga qaraganda juda yaxshi saqlangan. Ammo hozir gap bunda emas, uning noyob xususiyatida.

Ibodatxonada arxeologlar tomondan Tangri kamerasi deb atalgan alohida hujra bor. Agar ushbu hujraga kirib, shivirlab gapira boshlasangiz ham ovozingiz 100 marotabaga kuchayib, butun ibodatxonaga taraladi. Vujudingiz, miyangizdan suyak–suyagingizgacha ovozga aylanganini his etasiz.

Ibodatxona ustma-ust qurilgan uch qavatdan iborat bo‘lib, har bir hujraga bir necha dahlizlardan kirib borish mumkin. Ammo ayrim dahlizlarning oxiri berk. Mohiyatan ibodatxona – labirint. Arxeologlar ibodatxona aynan koxinlar tomonidan karomatlarini eshitish uchun foydalanilgan, deb hisoblaydi.

Sayr qilgan sog‘lom bo‘ladi

Tabiat qo‘ynida sayr qilish sog‘lik uchun foydaligini hamma yaxshi biladi. Xo‘sh, u nimasi bilan inson ruhiyati va sog‘ligiga ta’sir qiladi?

Bu savolga javob topish uchun Berlindagi Inson rivojlanishi instituti nevrolog–olimlari tajriba o‘tkazdilar: 63 ko‘ngilli o‘rmonda sayr qilishga taklif qilindi. Sayrdan so‘ng ular magnit to‘lqini tomografiya – MRTda tekshirib ko‘rildi. Aniqlanishicha, tabiat qo‘ynidagi sayrdan so‘ng miyada insonni tahlikal qo‘rquvga tushishiga, og‘riq his etishga javob beradigan markerlar miqdori kamayar ekan. Natijada kayfiyat ko‘tariladi, yurak urishi, qon aylanishi maromiga tushadi.

“Tabiat va miya o‘rtasidagi bunday aloqa odamlarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda muhim ahamiyatga kasb etadi, - deydi tadqiqotchilar guruhi rahbari Simon Kyun. - Shunisi qiziqki, tabiatda sayrdan keyin miya faolligi barqarorlashadi. Bu kishilarda ruhiyatni buzilishi, sarosima, jazavaga tushish va boshqa asab buzilishining oldini olishda o‘ta muhimdir”.

T.Shomurodov tayyorladi.