IIB Bulung‘urdagi YTH yuzasidan rasmiy munosabat berdi
- 13.06.2024 16:20
- 569
- Hodisa
Xabarga ko‘ra, bugun, 13-iyun kuni soat 06:30 larda, "M-39" avtomagistralining Bulung‘ur tumani hududidagi 1046-kilometrida haydovchi «Damas» avtomobilini «Toshkent-Samarqand» yo‘nalishida boshqarib ketayotib, qarama-qarshi tomondan kelayotgan «Cobalt» avtomobilining old tomonidan urib, YTH sodir etgan.
Oqibatda «Damas» haydovchisi olgan tan jarohatlari sabab shifoxonaga olib ketilayotganida halok bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi viloyat IIB axborot xizmati xabarida.
Avvalroq, A-378 avtomobil yo‘lining Nurobod tumani Mehnatkash mahallasi hududidan o‘tuvchi 35-kilometrida haydovchi “Kamaz-53212” yuk mashinasida piyodalar o‘tish yo‘lakchasidan o‘tayotgan 2 nafar voyaga yetmagan farzandlarini urib yuborib, ularning o‘limiga sabab bo‘lgani xabar qilingandi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda xalqaro anjuman boshlandi
- 3 soat avval
- Samarqand
Behbudiy nega Hajga otlangan edi?
- Kecha, 17:39
- Mutolaa