IIB: Samarqand shahrida maktab o‘quvchisi otasining mashinasida odam urib ketgan

Viloyat IIB xabariga ko‘ra, 15 yoshli bola otasining mashinasi bilan tezlikni me’yordan oshirgan holda harakatlan YTH sodir etgan.

Ma’lumotga ko‘ra, 16 may kuni soat 21:30 lar atrofida Samarqand shahar I. Holdun ko‘chasida 2007 yilda tug‘ilgan, Samarqand shahrida yashovchi maktab o‘quvchisi otasiga tegishli bo‘lgan, chet elda ishlab chiqarilgan avtomashinani tezlikni me’yoridan oshirib boshqargan. Shu vaqtda yo‘lning qatnov qismidan o‘tayotgan 1971 yilda tug‘ilgan fuqaroni urib yuborgan.

Buning oqibatida fuqaro tan jarohatlari olib Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaz Samarqand filialiga davolanish uchun yotqizilgan. Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB JXX YHXB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.