IIB xodimlarining malakasi oshirilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti tomonidan 27 - 31 yanvar kunlari Samarqand viloyat IIB tuman, shaharlar bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi, ichki ishlar boshqarmasi, bo‘lim rahbarlari hamda profilaktika inspektorlarining xizmat majburiyatlarini samarali bajarishlari uchun xizmat faoliyatidan ajralmagan holda kasbiy bilim, ko‘nikma va mahoratlarini oshirish borasida sayyor o‘quv yig‘ini o‘tkazilmoqda. Bu haqda Samarqand viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.
O‘quv jarayoni innovatsion pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlar va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo‘llagan holda (masofaviy ta’lim) tashkil etilmoqda. O‘quv jarayoni vazirlikning tegishli sohaviy xizmatlari bilan birgalikda ishlab chiqilgan o‘quv dasturlari asosida olib borilyapti.
Ushbu sayyor o‘quv yig‘inlari respublikamizning barcha mintaqalarida muntazam ravishda, vazirlikning hududlardagi akademik litseylarida tashkil etilgan Malaka oshirish institutining filiallari (auditoriyalari)da o‘tkaziladi.