Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushgan xabarlarga asosan haydovchilarga chora ko‘rildi

O‘tgan hafta davomida Samarqand viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga jami bo‘lib 35 ta qoidabuzarliklar bilan bog‘liq murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, qoidabuzarliklar o‘z tasdig‘ini topdi. Shulardan, 5 tasi svetoforning ta’qiqlovchi qizil chirog‘iga rioya qilmaslik, 4 ta holatda qarama qarshi harakatlanish, 8 ta holat yo‘l belgilariga amal qilmaslik, 18 ta xolatda yo‘l chiziqlarini bosib xarakatlanish qodabuzarliklari qayd etilgan foto va video materiallar bo‘yicha qoidabuzar xaydovchilarga nisbatan qonuniy choralar ko‘rildi.

Boshqa harakat ishtirokchilarining xavfsizliklariga loqayd bo‘lmaganliklari uchun hamshaharlarimizga minnatdorchilik bildiramiz.

Samarqand viloyati IIB yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi.