Ikki kishiga bitta dekret: Bolalar tarbiyasi dunyo davlatlarida
Italiyaliklarning restoranlarda tungacha bolalar bilan o‘tirishi, Gollandiyada esa 38 tana haroratli bolaning maktab yoki bog‘chaga borishi bizga g‘alati tuyulishi aniq gap.
Xo‘sh, u yoki bu mamlakatda bolalar tug‘ilishidanoq ularga qanday oilaviy an’analar singdiriladi, yoki bu xalqlar orasida qaysi an’ana va qoidalarumumiy deb qabul qilingan.
Yaponiyada bog‘cha bolalari to‘polon qilishimumkin
Xuddi shunday. Intizom faqat bolalar maktabga borishi bilan qattiqlashadi. Yaponlar erta bolalik davridagi cheklovlar bolalarni “baxtsiz kattalar” qiladi, deb hisoblashadi. Yaponiyadabolalar bog‘chalari juda shovqinli, ammo bu o‘qituvchilarni bezovta qilmaydi. Aksincha, ular bolalarni serharakat bo‘lishga va bir joyda o‘tirmaslikka undaydi. Buning falsafasi judaoddiy - bolalarga bola bo‘lishga ruxsat berish, ularning tabiiy xatti-harakatlarini cheklab qo‘ymaslik kerak. Shu bilan birga, yoshi ulg‘aygan sari yapon bolalariga tobora ko‘proq erkinlik berila boshlanadi: yettinchi sinf bolasining metroda shaharning bir chetidan ikkinchi chetiga borib kelishi odatiy holdir.
Fransiyada bolalar erta yoshdan boshlab kattalar bilan bir xil ovqatlanishadi
Shuning uchun ular ovqat tanlamaydi. Fransiyada bolalar ovqati kattalarnikidan farq qilmaydi. Hech qanday plastik idish-tovoq yoki mini-plitalar, tushlik va kechki ovqat uchun belgilangan vaqtga kelib, bola albatta och qolishi uchun menyuda deyarli bolalar taomlari yoki ora-oradagi “tamaddi qilib olish”lar yo‘q.
Shvetsiyada ikkala ota-ona ham “dekret”ga chiqadi
Shvesiyadagi har bir ota-onaga farzand tug‘ilganda,480 kalendar kunlik ish haqi to‘lanadigan bolalar parvarishi ta’tili beriladi. Ota-ona navbati bilan ta’tilni bo‘lib olishi ham mumkin, shunda ularning har biriga bonus sifatida 1000 yevro beriladi. Umuman olganda, ta’tilning ota-ona o‘rtasida bo‘linishi davlat uchun foydalidir.
Italiyada kechki paytgacha bolalar bilan restoranda o‘tirish mumkin
Negaki, ular kechki ovqatni juda kech qilishadi. Kamida o‘n kishidan iborat oila davrasida o‘tirish, soat yettida bolani yotqizishdan muhimroq.
Tailanddagi bolalarga "yuzni saqlash" o‘rgatiladi
Tailandda bog‘chaga olib borilgan uch yoshli bolaning birortasi ham yig‘lamaydi. Shikoyat ham qilmaydi. Bola yuzini yo‘qotmasligi uchun ota-onasi yelkasidan sirpanib tushishi, “atir-upa”sini sepib, o‘qituvchining ko‘rsatmalariga itoatkorlik bilan amal qilishi kerak. Aytgancha, Tailand tili xususiyatlarida buning oddiyginaizohi bor: nutqdagi qo‘shimcha his-tuyg‘ular ohangni buzadi, shuning uchun qayg‘uga botgantaylar shunchaki noto‘g‘ri tushunilishi yoki yoqimsiz vaziyatga tushib qolishi mumkin.
Gollandiyada 38 tana harorati “temperatura”emas, bola hatto suvchechak bilan bog‘chaga kelishi mumkin
Ha, bunday harorat kasallik hisoblanmaydi, uni tushirishga harakat ham qilinmaydi, bola bemalol maktab yoki bolalar bog‘chasiga borishi mumkin. Bola suvchechak bilan ham kelishi mumkin (axir, hamma suvchechak bilan kasallanishi kerak – yuqtiring va sog‘lom bo‘ling!). To‘g‘risi, bu haqda barcha ota-onalar ogohlantiriladi. Agar siz bolangizni suvchechakdan saqlamoqchi bo‘lsangiz, uni bog‘chaga olib bormaysiz.
Xitoyda har doim o‘qituvchi tarafi olinadi
Bu haqda huquqshunos Emi Chua o‘zining "Ona yo‘lbarsning jangovar madhiyasi" kitobida yozadi. Sababi, o‘qituvchi o‘quvchini tergasa, qo‘liga ursa va har bir darsda qo‘pol xatolarni ko‘rsatib o‘tsa ham,aynan u bola uchun nima yaxshi ekanini biladi.Oilada bolalarga o‘qituvchi har doim o‘quvchining muvaffaqiyati uchun hamma narsani qilishga tayyor ekani tushuntiriladi. Xitoylik bolalar har doim ham maqtovga sazovor bo‘lmaydi, faqat jiddiy yutuqlari uchun. Umuman olganda, Xitoydagi bolalar tarbiyasini yumshoq deb bo‘lmaydi.
B.Muhammadiyeva tayyorladi.