Inson 8 kun uxlamasa nima bo‘ladi?

1959 yilda mashhur amerikalik radio boshlovchi Piter Tripp 8 kun uxlamaslikka va’da berib, o‘z ustida tajriba o‘tkazishga qaror qildi.

Shifokorlar Piterni qaytarmoqchi bo‘ldi, ammo 32 yoshli boshlovchining fikri qat’iy edi. U o‘zini Nyu-Yorkning markazida joylashgan shishadan qilingan budkaga yopib qo‘ydi, shunda hamma Piterning uyg‘oqligini ko‘rishi mumkin edi. 

Piter shu budkadan radioefirlarini olib borardi va radiotinglovchilarga tanasida nima sodir bo‘layotgani to‘g‘risida ifodalab borardi. 

Avvaliga Tripp o‘zini uyqusiz yaxshi qilar edi. Eksperiment boshida u tetik va quvnoq bo‘lib, ko‘ngilochar dasturlarni olib bordi. Uch kundan so‘ng shifokorlar Piter bilan oldindan kelishuvga ko‘ra, u uxlab qolmasligi uchun dori bera boshlashdi. 

Uyqusizlikning oqibatlari to‘rtinchi kuni paydo bo‘la boshladi. Piterda birinchi gallyusinatsiyalar ro‘y berib, keyinchalik ahvoli yomonlashdi, bu gallyusinatsiyalar soat sayin kuchaya boshladi. 

Piter oyoq kiyimida emaklab yurgan o‘rgimchaklarni “payqab qolganligi to‘g‘risida” jonli efirda baqira boshladi. Uning atrofida sichqonlar ham sakrab yurardi.  

Shundan so‘ng Piter kun sayin uni kuzatib turgan shifokorlar o‘ziga qarshi fitna uyushtirganiga amin bo‘lib, tobora tajovuzkor bo‘lib qoldi. Uning fikricha, ular ataylab uning kabinasiga hasharotlar, o‘rgimchaklar va boshqa yoqimsiz har xil mayda jonivorlarni tashlay boshlagandi. 

Shifokorlar unga beriladigan suvga nimadir aralashtirganiga ham amin edi. So‘ng vrachlar uni dafn qilmoqchi bo‘lganliklarini sezib qo‘yganligini aytdi. Shifokorlar sog‘lig‘ini tekshirish uchun uning oldiga kirganda, Piter ularga tashlana boshladi. 

Gallyusinatsiyalar yanada jonli va hissiy bo‘lib, hamkasbi kiygan kostyum mo‘ynali qurtlardan to‘qilgan kabi tuyuldi, shkafda esa olov yonib turardi. Eksperiment oxirida Piter xayolotni haqiqatdan farqlay olmasdi. Aslida esa u aqldan ozgandi. 

Shifokorlar Piterning tanasi uyg‘oq bo‘lib, miyasi odatdagi tush ko‘rish dasturida ishlashda davom etayotgani va Piter “bedor tush” holatida bo‘lganligini tasdiqlashdi.  

201-soatda Piter uxlamaslik bo‘yicha dunyo rekordini o‘rnatdi. Uni nosilkada olib chiqishdi va 22 soatlik uyqudan so‘ng u o‘z ish joyiga qaytdi.  

Vaqt o‘tishi bilan ushbu tajriba oqibatsiz qolmaganligi aniq bo‘ldi. Piter juda o‘zgardi. Unda paranoyya rivojlana boshlanib, muntazam bir onli g‘azab holatlari ro‘y berib turardi. 

Tez orada u ishini yo‘qotdi, xotinidan ajrashdi va deyarli hech qachon jamoat oldida ko‘rinmadi. O‘z faoliyatini radio jurnalist emas, balki yozuvchi va publitsist sifatida davom ettirdi. 

Tripp 73 yoshida yolg‘izlikda qon tomirlari kasalligidan vafot etdi. 

B.Muhammadiyeva tayyorladi.