Inson aralashuvidan oldin meva va sabzavotlar qanday ko‘rinishga ega edi?
Tarvuz, baqlajon va boshqalar...
Inson nafaqat uy hayvonlarini xonakilashtirdi, balki biz iste’mol qilib keladigan sabzavot va mevalar ham bir vaqtlar yovvoyi va boshqacha ko‘rinishga ega bo‘lgan ekan.
Insoniyat 100 yillar davomida pomidor, olma va boshqa meva-sabzavotlarni kattaroq, sersuv va mazali bo‘lishi uchun turli navlarni yetishtirib va takomillashtirib kelmoqda.
Mana, inson qo‘li tekkunga qadar mevalar qanday ko‘rinishga ega edi.
XVII asr rassomi Jovanni Stenchining chizgan mana bu rasmda tarvuz biz ko‘rishga odatlanib qolganimizdan ancha farq qiladi. U yashil bilan ajratilgan oltita karjga bo‘lingan. Bir ko‘rishda tarvuz shunchaki pishmagan deb taxmin qilish mumkin, lekin rasmda ifodalangan qora urug‘lar bu taxminni rad etadi.
Endi esa tarvuz yaxlit shirin et hisoblanadi. Tadqiqotchilar seleksiya yordamida uning yeyilmaydigan tomirlardan qutulishga muvaffaq bo‘lishdi.
Banan
Birinchi bananlar kamida 7000 yil oldin yetishtirilgan. Papua Yangi Gvineyada ular hatto 10 000 yil oldin yetishtirilgan bo‘lishi mumkin. Shuningdek, bananlar Janubi-Sharqiy Osiyoda ham o‘sgan. Zamonaviy bananlar ikkita yovvoyi Musa acuminata i Musa balbisiana navlardan kelib chiqadi, fotosuratdagi mana bu navning katta, qattiq danaklari bo‘lgan.
Mevaning biz hozirda sevib iste’mol qiladigan gibridlangani qulay shaklga ega va uning po‘chog‘ini olib tashlash oson. Agar ajdodi bilan solishtiradigan bo‘lsak, mevada juda kichik ko‘rinmas urug‘lar bor, ta’mi yaxshiroq va u faqat ozuqaviy moddalar bilan boyitilgan.
Baqlajon
O‘z tarixi davomida baqlajonlar har xil shakl va ranglarda o‘stirilgan: oq, havorang, binafsha va sariq (rasmda bo‘lgani kabi). Birinchi baqlajonlar Xitoyda yetishtirilgan va dastlabki turlarida tikanlar bo‘lgan.
Zamonaviy naslchilik bizni o‘simlikdagi tikanlar va ular bilan bog‘liq qiyinchiliklardan xalos etib, bizga ko‘pgina oziq-ovqat do‘konlarida topiladigan tanish cho‘zinchoq to‘q binafsharang sabzavotni berdi.
Sabzi
Sabzi haqidagi dastlabki ma’lumotlar 10-asrdagi Fors va Kichik Osiyo kabi mintaqalarga to‘g‘ri keladi. Asl sabzi binafsha yoki oq rangga ega bo‘lib, ildizi ingichka va sershox bo‘lgan. Dehqonlar yupqa ildizlardan sersuv sabzavotni yetishtirishga muvaffaq bo‘lishgan va pigmentini sariq rangga o‘zgartirgan barchamizga tanish sabzi kelib chiqqan.
Makkajo‘xori
Selektiv naslchilikning yorqin misollaridan biri Shimoliy Amerika makkajo‘xorisi bo‘lib, u yeyilishi zo‘rg‘a mumkin bo‘lgan teosinte o‘simligidan yetishtirilgan. Miloddan avvalgi 7000 yilda yovvoyi makkajo‘xori xom kartoshka kabi quruq bo‘lgan.
Bugungi kunda makkajo‘xori avvalgidan 1000 marta kattaroq bo‘lib uni o‘stirish va tozalash oson. Zamonaviy so‘talarda shakar miqdori 6,6 foizni tashkil qiladi, yovvoyi makkajo‘xorida bu ko‘rsatkich 1,9 foiz bo‘lgan. Ushbu o‘zgarishlar taxminan yarmi XV asrdan, ya’ni yevropalik ko‘chmanchilar hosilni yetishtirishni boshlagan paytdan beri sodir bo‘la boshlagan.