Insoniyat tarixidagi eng uzoq davom etgan urushlar
Insoniyat tarixda sodir bo‘lgan urushlarga shunchalik o‘rganib qolganki, bu urushlar tarixning o‘tgan yillaridagi umumiy davomiyligidagi tinchlik davriga qaraganda ancha uzundir.
Har qanday zamonda, sayyoraning biron bir joyida janglar deyarli davom etib turadi. Urushlarning davomiyligi ham har xil bo‘lgan, biroq ularning barchasi u yoki bu tarzda tinchlik bilan yakunlangan. Xo‘sh, tarixdagi qaysi urushlar eng uzoq davom etgan bo‘lib chiqdi?
Angliya-Uels urushlari (452-1485)
Anglo-sakslar va uelslar o‘rtasidagi bir qator urushlar 1033 yil davom etdi va Uelsning to‘liq bosib olinishi bilan yakunlandi. Mahalliy kelt xalqiga qarshi ingliz, saks va yutlarning german qabilalari kurashganligiga qaramay g‘alabaga osonlik bilan erishilmadi. Hammasi Bosvort jangida Genri Tyudor Richard-III qo‘shinlarni mag‘lub etib, Uelsni butunlay zabt etganida tugadi.
Rekonkista (711-1492)
1492 yil nafaqat Kolumbning sayohati, balki hozirgi Ispaniya va Portugaliya hududlarini qamrab olgan va 781 yil davom etgan diniy urush - Rekonkistaning tugashi bilan ham sharaflangan.
Hammasi 711 yilda Shimoliy Afrikaning Mavrlari O‘rta yer dengizini kesib o‘tib, yo‘lidagi hamma narsani osonlik bilan egallab olib, Yevropa tomon harakatlanganida boshlangan edi. Keyingi asrlarda nasroniy va mavr qo‘shinlari o‘rtasidagi janglar vaqti vaqti bilan tomonlarning o‘zgaruvchan muvaffaqiyatlari bilan o‘tdi, lekin hech bir tomon hal qiluvchi ustunlikka erisha olmadi.
XV asrga kelib Aragon Ferdinandi va kastiliyalik Izabella birinchining nikohi ispanlar kuchlarini birlashtirib,1492 yilda Grenadani qaytarib olish imkonini berdi, bu esa Pireney yarim orolining musulmonlardan ozod etilishini taqozo etardi.
Rim-Fors urushlari (400 yildan ortiq)
Yevropa va Yaqin Sharqning ikki asosiy kuchi o‘rtasidagi qarama-qarshilik ko‘p asrlar davom etdi. 400 yilning yarmidan ko‘pini rimliklar va forslar doimiy urushlar va to‘qnashuvlarda o‘tkazishdi, bu urush ikki tomonga ham naf keltirmadi va faqat resurslarning kamayishiga olib keldi.
Natija ikkala kuch uchun ham qayg‘uli bo‘ldi – o‘zaro urushlarda ular bir-birlarini zaiflashtirib qo‘ydi. Eron arab xalifati hukmronliggi ostiga o‘tdi, Vizantiya Misr va Yaqin Sharq hududlarini yo‘qotib, keyingi yuzlab yillarini omon qolish uchun kurashishda o‘tkazdi.
Yuz yillik urush (1337-1453)
Agar umumlashtiradigan bo‘lsak, Angliya va Fransiya o‘rtasidagi urush 116 yil davom etgan. Bularning barchasi ingliz Plantagenet (fransuz qirollik sulolasi)larining fransuz tojiga bo‘lgan da’volari tufayli boshlangan edi. Fransuzlar esa Flandriyadagi o‘z ta’sirini kuchaytirishni va inglizlarni Yevropa mintaqasidan quvib chiqarishni xohlar edi.
Avlodlar o‘zgardi, biroq Janna D’Ark paydo bo‘lgunga qadar holat o‘zgarishsiz qolar edi. Orleanlik qiz o‘z vatandoshlarini g‘alabaga ilhomlantirishga muvaffaq bo‘ldi, lekin bu g‘alaba Jannaning o‘z taqdiriga fojiali ta’sir ko‘rsatdi.
Tarixchilar insoniyat tarixidagi eng uzoq davom etgan to‘qnashuvlar qatorida rus-turk urushlari (351 yildan harbiy harakatlarda 69 yil), G‘arbiy Yevropa ritsarlarining sharq mamlakatlariga qarshi tajovuzkorlik yurishlari (1096-1699), Vizantiyaning Arab xalifaligi bilan urushlar va boshqalarni ham qayd etadilar.
Hozirda ham dunyoda xavfli nuqtalar yetarli. Zamonaviy urushlar boshqacha nomlanadi – ozodlik harakati, maxsus operatsiya, terrorchilar va separatistlarga qarshi kurash va hokazo... Bu urushlarda idrokning ovozi g‘alaba qozonishiga umid qilamiz va agar biror bir joyda mojaro kelib chiqgudek bo‘lsa, odamlar darhol tinchlik yo‘lidagi muzokaralar stoliga o‘tirishlari lozim.
B.Muhammadiyeva tayyorladi.