Insoniyat yangi geologik davrga qadam qo‘ydi, deb hisoblaydi olimlar
Tamaddunimizga yangi hamla boshlandi: shaharlar shu darajada og‘irlashib bormoqdaki, uning ostidagi zamin tobora zichlashib, hatto o‘pirilmoqda. Oqibatda zilzila va avariyalar jahon iqtisodiyotiga jiddiy zarar yetmoqda.
Siz uni sezmaysiz, albatta. Ammo insoniyat tarixida hal qiluvchi palla ro‘y berdi. Olimlar texnika sohasi og‘irligi Yerning biomassasidan oshib ketdi. Boshqacha aytganda, inson tomonidan nimaki yaratilgan bo‘lsa – binolar, stanoklar, mebellar, texnikalar sayyoramizdagi tabiiy mavjud qushlar, o‘simliklar, baliqlar, hashoratlar, bakteriyalardan ko‘pdir, deyishmoqda.
Yana bir ko‘ngilsiz holat bor. Texnika sohasi og‘irligi ostida tuproq yanada chuqur cho‘kib boryapti. Buning oqibatida yaqin yigirma yil ichida 12 million kvadrat kilometr quruqlik maydon dunyo okeani sathidan pastda qoladi.
“Natura” jurnalida e’lon qilingan tadqiqotlarga ko‘ra, Isroilning Veypman nomidagi instituti olimlari 1900 yildan boshlab tirik massa va antropogen massalar og‘irligi, dinamikasi o‘zgarishini taqqoslab, har yigirma yilda texnika sohasi ikki baravar og‘irlashib, hozirda 1,1 trillion tonnaga yetganini e’lon qildi. Biomassa esa aksincha unchalik sezilarli bo‘lmasa-da, ushbu o‘n yilliklarda 1,16 trilliondan 1,09 trillionga kamaygan.
Shu tariqa sun’iy yaratilgan olam, tabiiydan oshib bormoqda. Ispaniya geologiya va tog‘ instituti, xalqaro tadqiqotchilar birgalikda 34 mamlakatda tuproq cho‘kishini tahlil qildilar va... agar ahvol shunday davom etaversa, 2040 yilga borib AQSh va Xitoy maydoniga teng quruqlik dengiz sathidan pastda qoladi. Bu maydonda esa Yer yuzi aholisining 19 foizi yashaydi. Yana boshqa bir xatar: quruqlik suvga peshvoz harakatlanmoqda, degan xulosaga kelindi.
Agar insoniyat bu falokatga qarshi zudlik bilan tegishli choralar ko‘rmasa, jahonning 1,2 milliard kishi yashayotgan yirik shaharlari xavf ostida qoladi, deydi tadqiqotchilar.
“AiF” (2021 y, 14-son) haftanomasidan T.Shomurodov tayyorladi.