Internetda to‘plangan ma’lumotlar qayerda saqlanadi?

Internet - millionlab terabayt ma’lumot bilan to‘ldirilgan tubsiz okean. Har kuni odamlar internetga hatto ko‘p yillar o‘tsa ham ularni osongina topib olish mumkin bo‘lgan ko‘plab video, rasm, hujjat va boshqa kontent (tarkib)ni yuklaydilar. Xo‘sh, bularning barchasi qayerda saqlanadi? Internet o‘zi qayerda joylashgan?

G‘alati omborxona

Muayyan saytda ko‘rish mumkin bo‘lgan barcha ma’lumotlar katta hajmdagi xotira bilan jihozlangan ixtisoslashgan kompyuterlar – serverlarda saqlanadi. Ular mavjud kontentni qayta ishlaydi, saqlaydi va foydalanuvchiga yetkazadi. Qurilma to‘g‘ridan-to‘g‘ri inson ishtirokisiz avtonom tarzda ishlaydi.

Kontentning o‘zi vinchester – oddiy berch disklarda to‘planadi. Biror kishi tomonidan kerakli sayt so‘ralganda, kompyuter avval DNS serverga murojaat qiladi, u domen nomi bo‘yicha kerakli ip-manzilni topib, sizni qiziqtirgan saytni ochishga imkon beradi.

Foydalanuvchi bunday serverdan qanchalik uzoq bo‘lsa, so‘rov unga shunchalik uzoq vaqt davomida yetib boradi. Serverning javob berish vaqti internetning tezligiga bog‘liq – u qanchalik past bo‘lsa, biz tezroq ma’lumot olamiz.

Server tarmoq bu internetning o‘zi. Ushbu boyliklarning barchasi ma’lumotlar markazida – serverlar va aloqa vositalari joylashgan ixtisoslashtirilgan binolarda saqlanadi. Bu tegishli ravishda himoya qilinadigan ma’lumot bankidir. Shunga o‘xshash ma’lumotlar bazasi omborxonalari har qanday yirik shaharlarda mavjud.

Ma’lumotlar markazi qanday ishlaydi?

Ma’lumot markazi tijoriy asosda ishlaydi: berch disklardagi joylar ijaraga beriladi. Shu tarzda ijaraga olingan serverda yoki uning kichik qismida to‘planadigan ma’lumot veb-saytini yaratish mumkin.

Дата-центр изнутри

Saqlash joylarining ishi qat’iy tartibga solingan. Ma’lumot markazlari uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlangan. To‘satdan elektr uzilishlarini dizel generatorlari va salmoqli aylanuvchi g‘ildiraklar ko‘rinishidagi xavf oldini oladigan inersion batareyalar qo‘llab-quvvatlaydi.

Omborxonalar zamonaviy yong‘inga qarshi va sovutish tizimlari bilan jihozlangan. Ish paytida serverlar issiqlik hosil qilishi sababli qizib ketishga moyil bo‘ladi. Buning oldini olish uchun ortiqcha issiqlik konditsioner va shamollatish tizimi yordamida ketkiziladi.

Shunday qilib, internetda to‘plangan barcha ma’lumotlar bazasi ushbu markazlarda joylashgan.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.