Ipoteka va ta’lim kreditlari bo‘yicha foiz stavkalari yil oxirigacha o‘zgarishsiz qoladi
- 11.04.2022 22:54
- 137
- Iqtisodiyot
Moliya vazirligi tomonidan tijorat banklariga ipoteka va ta’lim krediti uchun ajratiladigan resurs mablag‘lari bo‘yicha amaldagi foiz stavkalar 2022 yil yakuniga qadar saqlanib qoladi.
Xususan, amaldagi stavkalar ipoteka krediti uchun — 13 foiz, ta’lim krediti uchun — 10 foizni tashkil etadi. Shu bilan birga, banklar ta’lim maqsadlarida qarz oluvchiga 14 foiz stavkada kredit ajratadilar.
Hujjatda, shuningdek, Markaziy bank asosiy stavkani 14 foizdan pasaytirgan taqdirda, mazkur kreditlar bo‘yicha foizlarni mutanosib ravishda kamaytirish ko‘zda tutilgan.
Teglar:
Ipoteka krediti
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa