Iroq tashqi ishlar vaziri mamlakatda ID jangarilari faollashganini ma’lum qildi
- 27.11.2020 08:00
- 52
- Xorij
“Islom Davlati” (ID) terrorchilik tashkiloti (O‘zbekistonda taqiqlangan) Iroq hududida yana faollashdi. Bu haqda 26 noyabr kuni Iroq tashqi ishlar vaziri Fuad Xuseyn RIA Novosti nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Afsuski, ID terrorchilik tashkiloti mavjud va so‘nggi bir necha oydan buyon faollashdi. Bizdagi ma’lumotlarga ko‘ra, tashkilot guruhlari Anbar, Kirkuk, Diyala va Naynava viloyatining ayrim hududlarida joylashgan”, deb ma’lum qildi vazir.
“Bizda hibsga olingan turli fuqarolikka ega ID a’zolari bor”, ta’kidladi u. Xuseyn so‘zlariga ko‘ra, Iroq hukumati G‘arbiy Yevropa davlatlari bilan ID a’zoligiga qo‘shilib, mamlakatda qo‘poruvchilik harakatlari uyushtirgan fuqarolari to‘g‘risida muloqot olib bormoqda.