Ish qidirib poytaxtga kelgan yigit bedarak yo‘qoldi

Mirzayev Samandar Azim o‘g‘li - 2002 yilda Xorazm viloyatida tug‘ilgan. Joriy yil 11 mart kuni Xorazm viloyati Xazorasp tumani, Sanoat qishlog‘i, Bog‘dor mahallasida joylashgan uyidan chiqib ketib, qaytib kelmagan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

Qidiruv tadbirlari davomida aniqlanishicha, joriy yilning mart oyidan 23 mayiga qadar Samandar Mirzayev "Qo‘yliq" bozorida ishlagan. So‘ng tanishi M.Murgutovning fermasida ish topganini ma’lum qilgan. Ferma Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanida joylashgan. U yerga S.Mirzayev "Gazel" rusumli avtomobilda yetib borgan. U haqda boshqa ma’lumot yo‘q. Yigitning qidiruvi davom etmoqda.

Belgilari: bo‘yi 165-170 sm., gavdasi o‘rtacha, sochlari, ko‘z va qoshlari – qora. Kiyimlari: ko‘k futbolka, ko‘kish-oq shortlar, qora rangli shippak.

"Agar sizda Mirzayev S.ning turar joyi haqida ma’lumot bo‘lsa, quyidagi raqamlar orqali xabar berishingizni so‘raymiz: + 998 97 459 36 36, + 998 99 967 92 90 yoki 102", deyiladi xabarda.