Bedarak yo‘qolgan urgutlik qizlar Toshkentdan topildi

Samarqand viloyati, Urgut tumani, A’loxotin mahallasida yashovchi fuqaro Sh.S. 2001 yilda tug‘ilgan qizi “D” yashash uyidan dugonasi “Sh” bilan birga “Urgut savdo kompleksi”ga boramiz deb chiqib ketib, qaytib kelmasdan, bedarak yo‘qolganligi, ularni topishda amaliy yordam berishni so‘ragan.

Holat yuzasidan Urgut tumani bo‘yicha IIO FMB tezkor xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida olingan ma’lumotlarga ko‘ra, fuqarolar “D” va “Sh”  Toshkent shahrida maqsadsiz yurganligi aniqlanib, Urgut tumani bo‘yicha IIO FMB xodimlari tomonidan olib kelinib, ota-onasiga sog‘-salomat topshirildi.

Samarqand viloyati IIB ota-onalardan farzandlarini nazoratsiz qoldirmasliklarini so‘rab qoladi.

Samarqand viloyati IIB axborot xizmati.