Isitmalab, imtihondan qolib ketganlar uchun test sinovi o‘tkaziladigan kun aniq bo‘ldi

Test sinovlariga kirish jarayonida tana harorati yuqoriligi sabab imtihondan chetlashtirilgan abituriyentlar uchun joriy yilning 17 sentyabr kuni imkoniyat beriladi. Bu haqda Davlat test markazi boshqarma boshlig‘i Barno Rajabov ma’lum qildi.

Rajabovning so‘zlariga ko‘ra, 13 sentyabrda respublika bo‘ylab oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari tugatiladi. Samarqand viloyatida esa imtihonlar 12 sentyabr kuni tugatiladi.

“Tanlovlar natijalari 24 sentyabrgacha to‘liq e’lon qilish rejalashtirilgan. Test jarayonlariga kirish paytida tana harorati yuqori bo‘lgan va koronavirus bilan kasallanib, sog‘aygan abituriyentlar 17 sentyabr kuni test imtihonlaridan o‘tkaziladi”, dedi Barno Rajabov.