Iskya fojiasi: qurbonlar orasida bolalar bor

Italiyaning Iskya orolida 7 kishi ko‘chki qurboni bo‘ldi. Ularning orasida uch nafar bola bo‘lgan: biri hali bir oylik ham emas edi. U ota-onasi bilan birga halok bo‘lgan. Shuningdek, vayronalar ostidan 58 yoshli Bolgariya fuqarosining jasadi topilgan.

Jami 30 ta uy ko‘chki ostida qolgan, 200 dan ortiq odam evakuatsiya qilingan. Yangi ko‘chkilar xavfiga qaramay, yo‘qolgan 5 kishini izlash davom etmoqda.

26 noyabr kungi fojiaga so‘nggi 20 yildagi eng kuchli yomg‘ir sabab bo‘ldi — atigi 6 soat ichida 120 millimetrdan ortiq yomg‘ir yog‘di. Oqibatda aholi zich joylashgan port shahri - Kasamichchola-Termega yo‘lida uchraganini yakson qilib tog‘dan loy oqimlari yopirilgan.

Italiya hukumati Iskya shahrida favqulodda holat e’lon qilgan hamda qutqaruv va davlat xizmatlarini tiklash uchun 2 million yevro ajratgan.