Islandiyada chivin nega yo‘q? Asalarining nechta ko‘zi bor?
🔹 Inson hayoti davomida 27 tonnadan ko‘proq ovqat iste’mol qiladi, bu 6 ta filning vazni. Shubhangiz bo‘lsa, kuniga qancha ovqat yeganingizni hisoblang, keyin o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligiga ko‘paytiring.
🔹 Aksariyat sabzavotlar va deyarli barcha mevalar tarkibida oz miqdorda spirt bor.
🔹 Quritilgan mevalar kaloriyasi yangi mevalarga qaraganda yuqoriroq. Quritilganda mevalar asl vaznining 80 foizini yo‘qotadi. Aynan ulardan bug‘lanib ketadigan suv nol kaloriyaga ega.
🔹 Asalarining beshta ko‘zi bor.
🔹 Islandiyada chivin yo‘q. Nega degan savolga hech kim javob bera olmaydi. Ba’zi olimlar bunga nam okean iqlimi sabab bo‘lishi mumkin? deb ta’kidlaydi.
🔹 Mikroskop ostidagi chumolining yuzi:
🔹 Animator, rejissyor, aktyor va ssenariy muallifi Uolt Disney eng ko‘p - 26 ta Oskar mukofotiga sazovor bo‘lgan.
🔹 Ba’zi bir tish pastasining tarkibida antifriz bor.
🔹 Aksirganda barcha tana funksiyalari, hatto yurak ham to‘xtaydi.
🔹 Mevasi pomidor, tuplari esa kartoshkadan iborat “Pomidofel” deb nomlangan o‘simlik bor, bu kartoshka va pomidorning duragayidir.
🔹 Ilon uch yil davomida uxlashi mumkin.
🔹 Xameleonning tili tanasidan ikki baravar uzun.
🔹 Agar sariq kanareykaga qizil qalampir yedirilsa, patlarining rangi to‘q sariq rangga aylanadi.
🔹 Yer yuzidagi har 500-odam bir ko‘zi ko‘k, ikkinchisi esa qora rangga ega.
🔹 Finlandiyada ish vaqtida kunduzgi uyqu joriy etildi. Kunduzgi uyqu ishchilarning mehnat unumdorligi va samaradorligini oshirish uchun foydali ta’sir qilinishi aniqlandi.
🔹 Ultrabinafsha nurlari mikroblarni o‘ldiradi. Ultrafiolet nurlari kiritilgan hujayralar genetik darajada zarar ko‘radi va keyinchalik normal ishlay olmaydi.
🔹 Aql-idrok darajasi (intellekt) qanchalik baland bo‘lsa, inson shunchalik baxtlidir.
Bahora tayyorladi.