Iste’mol bozoridagi narxlar va tariflar o‘rtacha 4,8 foizga ko‘tarildi

O‘zbekistonda 2020 yil avgust yakuniga ko‘ra, yillik davrda tovarlar va xizmatlar narxlarining o‘rtacha o‘sish sur’ati 11,7 foizni tashkil etdi. Ushbu raqamlar Davlat statistika qo‘mitasi taqdim etgan hisobotda keltirilgan.

“2020 yilning yanvar-avgust oylari davomida iste’mol bozoridagi narxlar va tariflar o‘rtacha 4,8 foizga ko‘tarildi. Yillik davrda (2019 yilning avgustiga nisbatan) tovarlar va xizmatlar narxlarining o‘rtacha o‘sish sur’ati 11,7 foizni tashkil etdi”, deyilgan hisobotda.

Ma’lumot o‘rnida, 2019 yilning yanvar-avgust oylarida tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 8,2 foizga qimmatlashgan edi. Yillik darajada bu ko‘rsatgich 16,5 foizga oshgan.