IT sohasi vakillari uchun mukofot jamg‘armasi 1 million dollarlik tanlov o‘tkaziladi
Bu haqda yagona interaktiv davlat xizmatlari portali telegram kanalida e’lon qilindi.
Xabarga ko‘ra, 2022 yil 1 sentyabrdan boshlab respublikaning barcha hududlarida AKTni qo‘llash orqali masofaviy xizmatlarni eksport qilish markazlari bosqichma-bosqich tashkil etiladi.
2023 yildan boshlab har yili yoshlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi startap loyihalarini yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan umumiy mukofot jamg‘armasi 1 million dollar bo‘lgan Prezident sovrini uchun tanlov o‘tkaziladi.
2022-yil 1 oktyabrdan boshlab AKT sohasida IT -ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish, dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish hamda eksportga yo‘naltirish bo‘yicha startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlov asosida 1 milliard so‘mgacha bo‘lgan grantlar ajratish tartibi joriy qilinadi.