Italiyada g‘oyib bo‘lgan “Sanetti” poyezdi siri jumboqligicha qolmoqda

1911 yilning 14 iyulida Italiyaning “Sanetti” sayyohlik kompaniyasining uch vagondan iborat poyezdi 106 nafar badavlat sayyoh bilan Rimdan Italiya bo‘ylab sayohat qilish uchun jo‘nab ketdi. Ammo Lombardiyadagi tunnelga kira turib, lokomotiv g‘oyib bo‘ldi.

Yo‘qolgan poyezd qidiruv ishlari hech qanday natija bermadi. Uyiga qaytgan bir yo‘lovchi ham o‘sha mash’um kunda nima bo‘lganini aniq ayta olmadi. U poyezd tunnelga baland ovoz bilan zich tuman zonasiga kirganini ko‘rib, qo‘rqqanidan mashinadan sakrab chiqishga qaror qilgan.

Voqeadan so‘ng tunnel yopib tashlangan va Ikkinchi jahon urushi paytida havo hujumidan so‘ng u vayron qilingan.

1926 yilda arxivlarning birida 1845 yilga oid yozuv topilgan, unda Rimdan poyezdda kelganmiz, degan bir guruh italiyaliklar Mexiko shahrida paydo bo‘lganligi aytilgan. Taxminiy fikrga ko‘ra, bu “Sanetti” poyezdida sayyohat qilayotgan bir guruh yo‘lovchilar bo‘lgan. Bundan chiqdi, ular 66 yil o‘tmishga tushib qolgan ekan-da.

Hujjatda italiyaliklar XX asrda yashayotganliklarini isbotlashda davom etgani sabab aqldan ozgan deb topilganligi va psixiatriya klinikasiga joylashtirilganligi tasvirlangan.

Bundan tashqari, mehmonlarning kiyimlari XIX asrning o‘rtalaridagi moddaga umuman mos kelmagan. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘lovchilardan musodara qilingan “1907” yozuvi tushirilgan tamaki qutisi shu kungacha Meksikada saqlanib qolingan.

Keyinchalik turli yillarda va dunyoning turli burchaklarida odamlar uch vagonli poyezd tashlandiq yo‘llar bo‘ylab yeldek uchib o‘tayotganini ko‘rganini aytgan. Bu turli mamlakatalarda – Italiya, SSSR, Germaniya va Hindistonda sodir bo‘lgan.

Sovet Ittifoqida “Sanetti” birinchi marta 1955 yilda paydo bo‘lgan. Qrimdagi yo‘l nazoratchisi poyezd bu hodisadan bir necha yil oldin u yerdan relslar olib tashlangan tashlandiq temir yo‘l ko‘tarmasi bo‘ylab asta-sekin harakatlanayotganini ko‘rganini da’vo qilgan.

Sirli poyezdni turli vaqtlarda va turli mamlakatlarda ko‘rgan guvohlar uni bir xil tasvirlardi: “Eski parovoz va lotin yozuvlari yozilgan uchta vagon, mashinist ko‘rinmaydi, derazalar pardalar bilan mahkam yopilgan. Poyezd oppoq tumanga burkangan, u to‘satdan paydo bo‘lib, to‘satdan g‘oyib bo‘ldi”.

Ukrainalik anomal hodisalarni o‘rganuvchi Vasiliy Leshatiy bir vaqtlar o‘tish joylaridan birida sharpa-poyezd kelishini poylab turganligi haqidagi yozgan. Aytishlaricha, u poyezd zinapoyasiga sakrab chiqib, “Sanetti” bilan birga g‘oyib bo‘lgan.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.