Janubiy Koreya parlamenti muvaqqat prezidentga ham impichment e’lon qildi
- 27.12.2024 15:39
- 69
- Xorij

Janubiy Koreya parlamenti prezident vazifasini bajaruvchi Xan Dok Suga impichment e’lon qilish uchun ovoz berdi. U impichment e’lon qilingan sobiq prezident Yun Sok-Yoldan so‘ng prezident lavozimini egallaganiga ikki hafta bo‘lgandi.
Ovoz berishda qatnashgan 300 o‘rinli parlamentdan 192 deputat yoqlab ovoz berdi.
Muxolifat Xan Dok Su Konstitutsiyaviy sud sudyalarini tayinlashdan bosh tortganiga norozilik bildirgan. Bu sudyalar sobiq prezident Yun Sok Yolga nisbatan impichmentni tasdiqlashi kerak edi.
Teglar:
Janubiy Koreya