Janubiy Koreyada AQSh qiruvchi samolyoti halokatga uchradi

Amerikaning F-16 qiruvchi samolyoti bugun AQShning Janubiy Koreyadagi yirik harbiy bazasi yaqinida o‘quv parvozi vaqtida halokatga uchradi, deya xabar bermoqda CNN AQSh harbiy-havo kuchlarining Janubiy Koreya qo‘mondonligiga tayanib.

Qayd etilishicha, qiruvchi samolyot Osan aviabazasi yaqinidagi qishloq hududiga qulagan. Harbiylarning so‘zlariga ko‘ra, katapult orqali qutqarilgan uchuvchi tibbiy muassasasiga yetkazilgan.

Harbiylarga ko‘ra, tinch aholi orasida qurbonlar yo‘q.